Kecha Yangiariq tumanidagi maktablar oʻrtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi? " respublika koʻrik- tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda tumandagi barcha maktablardan jamoalar ishtirok etib, quyidagi 4 ta shart asosida bellashdilar:
1- shart:" Bu bizning hudud" bu shartda jamoalar ekologiyani asrashga doir olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berish
2- shart: "Intellektual ring" 3 daqiqada ekologik,ijtimoiy, siyosiy -huquqiy mavzuda 10 ta savolga javob berish
3- shart : " Ekologiya uchun barchamiz masʼulmiz!" ekologiyani asrashga doir sahna koʻrinishi
4- shart: "Eng yaxshi ekologik loyiha" ekologiya sohasini rivojlantirishga doir taklif va loyihalar haqida 10 daqiqalik taqdimot.
27 - son maktab jamoasi ham ushbu tanlovda munosib qatnashib, yuqoridagi shartlar asosida sektor bosqichida 2⃣- oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
Ushbu yutuq bilan ishtirokchi oʻquvchilarimizni, ularning ustozlarini maktab jamoasi va rahbariyati tabriklaydi.
27- son maktab matbuot xizmati